Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport xabarlari

Sambo
Samarqand shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Viloyatning barcha hududidan kelgan 100 nafardan ortiq yosh sambochilar 11 vazn bo‘yicha bahsga kirishdi. Bellashuv yakunida umumjamoa hisobida Samarqand shahri sambochilari birinchi, Toyloq hamda Samarqand tumanlari sportchilari ikkinchi va uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Yunon-rim
Samarqand shahrida yunon-rim kurashi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 120 nafarga yaqin kurashchilar bellashgan musobaqada Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sportchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati kurashchilari va uchinchi o‘rin Oqdaryo tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi sportchilariga nasib etdi.

Karate-do


Samarqand shahridagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktbida sportning an’anaviy karate-do turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida respublika kubogi uchun saralash musobaqalari o‘tkazildi.
Bellashuv yakuniga ko‘ra, viloyat terma jamoasi shakillantirildi va 100 nafarga yaqin karatechilar respublika bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

H.ELTOYeV.

Basketbol

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida basketbol bo‘yicha “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqasining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Unda Samarqand shahrining 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi basketbol jamoasi Namangan viloyati jamoasi ustidan 78-73 ochko bilan g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat
Toyloq tumanida shaxmat bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan 170 nafarga yaqin yosh shaxmatchilar orasidan umumjamoa hisobida Samarqand shahri maktabalari o‘quvchilari birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, musobaqada 1,2,3-o‘rinlarni egallagan 35 nafar shaxmatchilar chempionatning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bekzod AHMEDOV.