Svetlana Artikova Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan Artikova Svetlana Baymirzayevna O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Artikova tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Svetlana Artikova 1962 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Ko‘p yillar davomida prokuraturada ishlagan. 2010-2014 yillarda u Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. 2014 yilda Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.