Tamaddixona mijozining likopchasidan giyohvandlik moddasi chiqdi

2019 yil 24 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida, Kogon tumani Sarayon MFY hududida joylashgan “Shar-Shara” nomli umumiy ovqatlanish kafesida, G‘ijduvon tumani Pamo‘za MFYda yashovchi, “Yigitali trans” MChJda ishchi bo‘lib ishlovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.Y. gumonlanib tekshirilganda, u ovqatlanayotgan stoldagi oshxona tarelkasida sof vazni 0,23 grammga teng “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Tushlikni “o‘zgacha” o‘tkazishni niyat qilgan shaxsning qilmishi amalga oshmay qoldi.

Buxoro viloyati IIB xabar berishicha, holat yuzasidan M.Y.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.