Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tashabbuskor huquqshunos yoshlar innovatsion loyiha yaratdi

Samarqand yuridik kolleji o‘quvchilari Gulbadanbegim Rahmonova va Yulduz Shamsiddinova yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Tendosh-tengdoshga” loyihasi doirasida “Tashabbuskor huquqshunos yoshlar” shiori ostida “Besh taomil” innovatsion loyihasini yaratdi.

Mazkur innovatsion loyiha yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Loyiha ijodkor o‘quvchilarning tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish, o‘quv jarayoniga tatbiq etishni tashkil etish hamda ijobiy tajribalarni ommalashtirishga ko‘maklashadi.

Jamshid OTAQULOV,
kollej direktori o‘rinbosari.