Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbek fuqarolariga murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Samara viloyatidan chiqish va Orenburg viloyatiga kirishda, «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bir necha yuz nafar O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilmoqda. Bu haqda TIV ma’lum qildi.

Ushbu fuqarolar Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida kelishmoqda va O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilishmoqda.

Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz va mahalliy hokimiyat bilan aloqa o‘rnatgan.

Bundan tashqari, TIV Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilguniga qadar tinchlikni saqlash, o‘rnatilgan karantin qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.