O‘zbekiston TIV rahbari Samarqandda Eron tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining to‘rtinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan eronlik hamkasbi Husayn Amir Abdullohiyon bilan muzokaralar o‘tkazgan.

- Bu safar Samarqandda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Janobi Oliylari bilan samarali suhbat o‘tkazdik, - deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining twitterdagi sahifasida. – O‘zbekiston-Eron hamkorligi kun tartibidan ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muloqot joy olgan. Yuqori darajadagi muntazam almashinuvlar yangi istiqbolli tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar to‘rtinchi vazirlarning uchrashuvida xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularning kontrabandasiga qarshi kurashda chora-tadbirlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.