Isroilda ishlayotgan samarqandlik vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazildi
- 06.07.2023 17:21
- 170
- O‘zbekiston
O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Maxmudova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirokida Isroilda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Unda migrantlar uchun mavjud imkoniyat va imtiyozlar, xususan, ularni huquqiy, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qiyin vaziyatda qolganda vatanga qaytarish tizimi haqida ma’lumot berildi.