Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikistonlik aktyorlar "Maysaraning ishi"ni Samarqandda ijro etadi

Tojikiston Respublikaning Sadriddin Ayniy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri jamoasi shu yilning 15-18 oktyabr kunlari Samarqand viloyat musiqali drama teatrida o‘z repertuarlaridagi tomoshabop spektakllari bilan mehmonda bo‘ladi.

Undan avvalroq, 14 oktyabr kuni Samarqandda Sadriddin Ayniy nomidagi davlat akademik opera va balet teatri jamoasi hamda Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari hamkorligida “Do‘stlik oqshomi” gala-konserti tashkil etiladi.

Mehmon teatr jamoasi tomonidan namoyish etiladigan spektakllar orasidan Sulaymon Yudakovning “Nayranghoi Maysara” (“Maysaraning ishi”), Fattoh Odinayevning “Buzaki ҷingilapo” (“Jingalak tuyoqli echki”) sahna asrlari o‘rin olgan.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.