Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutlik haydovchi 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan ajraldi

2020 yil 22 iyun kuni soat 11:50 larda Urgut shahrida yashovchi fuqaro S.S. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda o‘z boshqaruvida “Neksiya” rusumli avtomashinasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari hamda sug‘urta polisi bo‘lmasdan Urgut shahar Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotganligi, shu hududda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Olib borilgan surishtiruv harakatlari jarayonida haydovchi S.S.ning muqaddam ushbu turdagi huquqbuzarlikni bir necha marta sodir qilganligi, xususan, Urgut tuman ma’muriy sudi tomonidan 08.11.2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismi va 128-moddasi 1-qismi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan 2 yilu 6 oy muddatga mahrum qilish jazosi, 16.01.2018 yilda MJtKning 131-moddasi 2-qismi bilan 7 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi, 15.10.2019 yilda xuddi shunday huquqbuzarlik bilan 8 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llanilganligi aniqlangan.

Urgut tuman ma’muriy sudining 2020 yil 3 avgust kungi qarori bilan haydovchi S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi 1-qismi, 135-moddasi 1-qismi va 1351-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topib, shu Kodeksning 34-moddasiga asosan unga nisbatan uzil kesil transport vositasini boshqarish huquqidan 3 yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Akmal ALIMOV,

Urgut tuman ma’muriy

sudining raisi.