Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uyida giyohvandlik moddalarini yashirincha saqlab kelayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro K.Z. “opiy” giyohvandlik vositasini yashirincha sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng fuqaro K.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda ham narkotik va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy ravishda, yashirincha saqlanayotganligi fosh etildi.

Mazkur tezkor tadbir davomida fuqaro A.B.dan jami 3,95 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi hamda tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan 89 dona “tramadol” tabletkalari, 3 dona “pregabalin” kapsulalari, 1 dona 10 ml. “tropikamid” dori vositalari olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DBQ matbuot xizmati.