Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto Motors navbatdagi aksiyani e’lon qildi

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga karantin davrida avtomobil xaridida qulaylik yaratish maqsadida navbatdagi aksiyani e’lon qildi.

"Sizda quyida ko‘rsatilgan modeldagi avtomobillarning 70 % mablag‘i bormi? Unda siz ushbu mablag‘ni to‘lab, qolgan summani foizsiz ko‘rsatilgan muddatlarda bo‘lib to‘lashingiz mumkin:

- Spark 3-pozitsiya AT (12 oy)

- Nexia 4-pozitsiya AT (12 oy)

- Lacetti 1-pozitsiya MT/Comfort Plus (18 oy)

-Lacetti 3-pozitsiya Elegant Plus(18 oy)

- Lacetti 1-pozitsiya GBU va GBU Plus (18 oy)

Bundan tashqari, ushbu modeldagi avtomobillarning 60 % to‘lovini amalga oshirib, qolgan summani ko‘rsatilgan muddatlarda yillik 12 % ustama bilan to‘lashingiz mumkin" deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, Trailblazer avtomobilining 50 % dastlabki to‘lovini amalga oshirib, qolgan summasini 24 oy davomida yillik 12 % ustama bilan to‘lash yoxud 60 % dastlabki to‘lovini to‘lab, qolgan summasini 24 oy davomida foizsiz 0 % bo‘lib to‘lash imkoniyati ham yaratildi.

"Eslatib o‘tamiz, karantin davrida siz xaridni rasmiy dilerlarga qo‘ng‘iroq (http://uzautomotors.com/price/diler_call_markazi) qilgan holda amalga oshirishingiz mumkin", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, diler tomonidan xaridorlarning uydan chiqmasdan xarid amalga oshirishlari uchun barcha imkoniyat yaratiladi.

Aksiya 2020 yilning 24 aprelidan 10 maygacha davom etadi.

Batafsil ma’lumotni +998 78 141 7777 raqamlar orqali kompaniyaning Call-markazidan olish mumkin.