Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto Motors “Tracker” va “Malibu” avtomobillar xaridi bo‘yicha navbatdagi aksiyani e’lon qildi

UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlarini yangi aksiyalari bilan xursand qilishda davom etmoqda.

Faqatgina 1 iyunga qadar siz quyidagi shartlar asosida “Tracker” va “Malibu 1,5 Turbo” avtomobillarini muddatli to‘lovga xarid qilishingiz mumkin:

To‘lov muddati: 30 va 36 oy;

Boshlang‘ich to‘lov: sotib olingan avtomobil narxining 40 va 50 foizi

Boshlang‘ich to‘lov 40 foizni tashkil qilganda, qolgan summa 36 oy davomida har oyi teng qismlarga bo‘lib to‘lanadi:

Tracker MT – 4,1 million so‘m,

Tracker AT –  4,8 million so‘m,

Malibu 1,5 Turbo  –  5,9 million co‘m.

Agar siz avtomobilning boshlang‘ich 50 foizini to‘lasangiz, qolgan summa 30 oy davomida har oy teng qismlarda quyidagi miqdorda bo‘lib to‘lanadi:

Tracker MT – 3,9 million so‘m,

Tracker AT –  4,6 million so‘m,

Malibu 1,5 Turbo  –  5,6 million co‘m.

Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.