Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“UzAuto Motors” Yangi yil aksiyasini e’lon qildi

“UzAuto Motors” kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2020 yil bilan muborakbod etgan holda Yangi yil aksiyasini e’lon qiladi.

Aksiya faqatgina 11 dekabrdan 22 dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarida “Malibu” va “Tracker” xarid qilish istagida bo‘lgan xaridorlar uchun amal qiladi.

Mazkur aksiya doirasida mojoz tanlagan modeli uchun 100 % to‘lov amalga oshirgan taqdirda 5 % “Malibu” hamda 10 % “Tracker” uchun chegirmaga ega bo‘ladi:

Aksiyada “Malibu-2” LT 1,5 Turbo, shuningdek, “Tracker” LT A/T va M/T opsiyalari ishtirok etadi.

“Malibu-2” LT 1,5 Turbo – 265 000 000 so‘m.

“Tracker” LT A/T – 199 000 000 so‘m.

“Tracker” LT M/T – 170 000 000 so‘m.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, avtomobillar soni chegaralangan!