“Zarnews.uz”da aytilgan kamchilik shu kunning o‘zida bartaraf qilindi

2019 yil 14 sentyabr kuni “Zarnews.uz” ijtimoiy tarmog‘ida fotosuratlari aks etgan qurilmalar - Payariq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 «Zarafshon traktining o‘ng tomoni» avtomobil yo‘lining 41-kilometrida, «Sortoy» aholi yashash manzilgohida, ikkinchisi ushbu avtomobil yo‘lining 46-kilometrida, aholi yashamaydigan hududidan o‘tuvchi qismida o‘rnatilgan.
Mazkur qurilmalar fotoradar mulyajlari bo‘lib, haydovchilarning tezlikni oshirishini oldini olish va ularni hushyorlikka chorlash maqsadida o‘rnatilgan.
4R-48 «Zarafshon traktining o‘ng tomoni» avtomobil yo‘lining aholi yashamaydigan 46-kilometrida o‘rnatilgan fotoradar mulyaji keskin shamol tufayli burilib qolgan. Ushbu kamchilik 2019 yil 14 sentyabr kuni zudlik bilan bartaraf etildi.
4R-48 «Zarafshon traktining o‘ng tomoni» avtomobil yo‘lining 41- kilometrida «Sortoy» aholi yashash manzilgohida o‘rnatilgan fotoradar mulyaji ustunidagi mavjud elektr simining muhofazalovchi qismidagi kamchiliklar joyida bartaraf qilindi.
Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.