Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zelenskiyning qiyofadoshi o‘zbek bo‘lib chiqdi

Avgust oyida Moskva metrosida ketayotgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga juda ham o‘xshash shaxsning rasmi rus va ukrain internet segmentida mashhur bo‘lib ketgandi.

Mash telegram kanali Zelenskiyning qiyofadoshi kimligini aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Umid asli o‘zbekistonlik bo‘lib, oilasi bilan Moskvada yashaydi. U avtobo‘yoqchi bo‘lib ishlaydi. Uni hamma tanishlari Dima deb chaqirishadi.

- Do‘stlarim menga Zelenskiyga o‘xshashimni aytishardi. 2017 yili shunaqa hajvchi borligini internetda ko‘rib qolgandim. Bir kuni metroda ishga ketayotib, uxlab qolibman, shunda kimdir meni suratga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib yuboripti. Keyin bu surat mashhur bo‘lib ketdi, - deydi Umid.