DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA KLASTER TASHKIL ETISHNI XOHLOVCHI TADBIRKORLARNI HAMKORLIKKA CHORLAYMIZ!

Viloyatimizning 8 ta tumanida DXSh asosida (Past Darg‘om va Oqdaryo tumanlari 1-lot, Toyloq va Jomboy tumanlari 2-lot, Bulung‘ur tumani 3-lot, Urgut tumani 4-lot, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlari 5-lot) 5 ta loyihalarni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofoza qilish davlat qo‘mitasiga Samarqand viloyat hokimligi tomonidan 2022-yil 24-oktabrdagi 03-03/3898-sonli xat orqali taklif kiritilgan.

DXSh loyihalarini amalga oshirish uchun taklifi kiritilgan hududlarda viloyat “Toza hudud” DUKning tuman filiallarida mavjud maxsus transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofoza qilish davlat qo‘mitasining 12.04.2022-yildagi 04-04/1-608-sonli topshirig‘iga asosan, baholash ishlari amalga oshirilgan va to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofoza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar eco.gov.uz saytida 2023-yil 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 8 ta tumanni DXShga o‘tkazish maqsadida klaster tashkil etishni xohlovchi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Samarqand shahri Nabiyev ko‘chasi, 8-uy.

SAMARQAND VILOYAT “TOZA HUDUD” DUK.