Hokimlik axborot xizmati rahbariga noo‘rin harakat sodir etgan va haqorat qilgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

14 iyun kuni “Ishtixon dehqon bozori”da "Mening yurtim" telekanali muxbirlari va Ishtixon tumani hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Boboyev bozorda o‘rganish olib borayotgan vaqtda fuqarolar N.O. va M.U. jurnalistlar bilan bo‘lgan holat hamda o‘rtadagi vaziyatni anglamagan holda I.Boboyevga nisbatan noo‘rin harakatlar sodir etib, haqorat qilgan. Shu orqali hokimlik xodimining xizmat faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashgan.
Afsuski, yuqorida ismlarining bosh harflari keltirilgan fuqarolar qiziqqonlik qilib, o‘rtadagi vaziyatni yanada chigallashtirgan.
Sud tomonidan O.N va M.U.lar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Hamda ushbu fuqarolarga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu fuqarolarni qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun har bir kunga eng kam ish haqining 15 foiz miqdorida davlat daromadiga pul undirilishi ham belgilandi.
K.Pansatov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudi raisi.