Payariqda deraza orqali uyga kirgan o‘g‘ri ushlandi
- 14.08.2019 15:45
- 485
- Jinoyat va jazo

2019 yil 13 avgustga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Payariq tumani Mustaqillik MFYda yashovchi 30 yoshli Sh.H. ismli ayolni uyiga deraza orqali kirib, xonasidan “Huawei” va “RedMi-6” rusumli mobil telefonlarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Fidokor MFY Novali qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli Q.Yu. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
o‘g‘rilik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo