Pensiyanerlarga tanish holat

Zerikish, hamkasblar suhbatini qo‘msash, shogirdlarni sog‘inish qayerdadir ishlab yurib, pensiyaga chiqqan har qanday inson uchun tanish holat.
Men ishtixon tumanidagi 31-maktabda boshlang‘ich sinflarga dars berib, pensiyaga chiqqanman. Darvozadan tashqariga chiqib, ko‘chadan o‘tayotgan o‘quvchilarni, ishga ketib, qaytayotgan katta yoshlilarni ko‘rsam qadrdon maktabimni sog‘inaman.
Bugun kutilmaganda darvoza taqillab qoldi. Chiqib qarasam maktab direktori Sherali Po‘latov meni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklashga kelibdi. Uni boshlang‘ich sinfda o‘zim o‘qitganman.
Bu holatdan qanchalar xursand bo‘lganimni faqat pensionerlar his qila olishi mumkin.

Dilbar Bozorova.