Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?

Islomiy adabiyotlarda sahih manbalarga ko‘ra barakaning nimalarda ekani quyidagicha bayon etilgan:
- Taomni birgalikda yeyishda baraka bor.
- “Bismilloh” bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi.
- Saharda va saharlik taomida baraka bor.
- Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi.
- Qaynoq ovqatda baraka bo‘lmaydi.
- Asalda baraka va shifo bor.
- Sirkada, sutda, xurmoda baraka bor.
- Rizqiga rozi bo‘lganning barakasi ortadi, rozi bo‘lmaganning barakasi kamayadi.
- Oldi-sotdida ko‘p qasam ichish molning barakasini ketkizadi.
- Tijoratda baraka bordir, unga yolg‘on, xiyonat aralashsa, baraka ketadi.
- Birinchi bolasining qiz bo‘lishligi xotinning barakotidandir.
- Bolasiz uy barakasizdir.
- Uyning yaxshiligi va barakoti ko‘payishi uchun uyga kirganingda uy odamlariga salom bering.
- Duo umrning barakasini ko‘paytiradi.
- Qur’on o‘qiladigan uyning barakasi ortadi, Qur’on o‘qilmaydigan uy bebaraka bo‘ladi.
- Musofir mingta baraka va mingta rahmat bilan keladi.
- Uyidan vaqtli chiqqanning ishida baraka bo‘ladi.
- Yo‘lchilikka chiqib, birodari bilan vidolashgach, ularning duosi bilan barakaga erishadi.
- Ota-onasiga xizmat qilganlarning umri barakali, ularga qarshi borganlarniki barakasiz bo‘ladi.
- Muhammad ismli uy va joyda baraka bo‘ladi.
- Bomdod namozining sunnatini uyda o‘qish, rizqning barakotiga sabab bo‘ladi.
- Namoz o‘qiydigan kishining rizqi barakali bo‘ladi.
- Va’dali oldi-sotdida, qarzni berishda va arpa aralashtirilgan nonda baraka bor.
- Uyda chiqindilarning bo‘lishligi barakasizlikka sabab bo‘ladi.
- Fosiq va sudxo‘rlarning daromadida baraka bo‘lmaydi.
- Bir jamoada biri gapirib turganda qolganlari tinch turmasa, u joy barakasiz bo‘ladi.
Ulug‘bek Sultonovning
"Rizq haqida risola" kitobidan.