Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?

Islomiy adabiyotlarda sahih manbalarga ko‘ra barakaning nimalarda ekani quyidagicha bayon etilgan:

  1. Taomni birgalikda yeyishda baraka bor.
  2. “Bismilloh” bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi.
  3. Saharda va saharlik taomida baraka bor.
  4. Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi.
  5. Qaynoq ovqatda baraka bo‘lmaydi.
  6. Asalda baraka va shifo bor.
  7. Sirkada, sutda, xurmoda baraka bor.
  8. Rizqiga rozi bo‘lganning barakasi ortadi, rozi bo‘lmaganning barakasi kamayadi.
  9. Oldi-sotdida ko‘p qasam ichish molning barakasini ketkizadi.
  10. Tijoratda baraka bordir, unga yolg‘on, xiyonat aralashsa, baraka ketadi.
  11. Birinchi bolasining qiz bo‘lishligi xotinning barakotidandir.
  12. Bolasiz uy barakasizdir.
  13. Uyning yaxshiligi va barakoti ko‘payishi uchun uyga kirganingda uy odamlariga salom bering.
  14. Duo umrning barakasini ko‘paytiradi.
  15. Qur’on o‘qiladigan uyning barakasi ortadi, Qur’on o‘qilmaydigan uy bebaraka bo‘ladi.
  16. Musofir mingta baraka va mingta rahmat bilan keladi.
  17. Uyidan vaqtli chiqqanning ishida baraka bo‘ladi.
  18. Yo‘lchilikka chiqib, birodari bilan vidolashgach, ularning duosi bilan barakaga erishadi.
  19. Ota-onasiga xizmat qilganlarning umri barakali, ularga qarshi borganlarniki barakasiz bo‘ladi.
  20. Muhammad ismli uy va joyda baraka bo‘ladi.
  21. Bomdod namozining sunnatini uyda o‘qish, rizqning barakotiga sabab bo‘ladi.
  22. Namoz o‘qiydigan kishining rizqi barakali bo‘ladi.
  23. Va’dali oldi-sotdida, qarzni berishda va arpa aralashtirilgan nonda baraka bor.
  24. Uyda chiqindilarning bo‘lishligi barakasizlikka sabab bo‘ladi.
  25. Fosiq va sudxo‘rlarning daromadida baraka bo‘lmaydi.
  26. Bir jamoada biri gapirib turganda qolganlari tinch turmasa, u joy barakasiz bo‘ladi.

Ulug‘bek Sultonovning 

"Rizq haqida risola" kitobidan.