Dunyodagi eng baland “tashlandiq” bino
Odatda «tashlangan» jismlar kishilarni o‘ziga ko‘proq jalb qiladi. Xitoyning Tyanszin shahridagi maftunkorlikdan ko‘ra qo‘rqinchliroq 597 metrli “Goldin Finance 117” osmono‘par binosi kvartalning bir qismiga aylanishi mumkin edi. Biroq uning qurilishi ko‘p yillardan buyon tugallanmaydi.
Qurilish loyihasi juda qimmat bo‘lib, 128 qavatli binoning 117 qavatini kvartiralar, mehmonxonalar va ofislar egallashi rejalashtirilgan. Yuqori qavatlari favqulodda xizmatlar va ushbu binoga texnik xizmat ko‘rsatish kompaniyalari uchun mo‘ljallangan. “Goldin Finance 117” ana shunday g‘aroyib, bulutlar orasida joylashgan yagona bino bo‘lishi kutilgan edi.

Loyihaga ko‘ra, qurilishi 2008 yilda boshlangan bino o‘sha paytda dunyodagi beshinchi eng baland bino bo‘lgan. Moliyaviy inqiroz tufayli qurilish deyarli to‘xtatilgan. Uch yil o‘tib, 2011 yilda yakunlash rejasi bilan qurilishlar yana boshlangan. Afsuski, bu reja ham amalga oshmadi 2015 yilda abadiy muzlatildi. Endi “Goldin Finance 117” dunyodagi eng baland beshta tuzilma qatoriga kirmaydi. Aksincha, u eng baland tashlandiq binolar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi.
Loyihaning omadsiz taqdiri turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan. Avvalo, 2008 yilda inqirozga uchragan “Goldin Group” loyihasi ustida ishlagan shaxs juda yosh edi. Qolaversa, bunday katta loyiha uchun noto‘g‘ri shahar tanlangan.

Tyanszin Xitoyning 10 ta eng yirik shaharlari qatoriga kiradi. Lekin u mamlakatdagi eng yirik shahar emas va Xitoy elitasi u yerda mulk sotib olishga qiziqmaydi. Bu osmono‘par bino Xitoy qurilish sohasida o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ya’ni, rasmiylar tomonidan bir qator ko‘p qavatli qurilishlarni cheklovchi qonunlar qabul qilindi.
