Saida Mirziyoyeva faol ayollar bilan atrof-muhitga shafqatsiz munosabat masalasini muhokama qildi
- 14.03.2020 11:50
- 177
- Samarqand

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva faol ayollar bilan atrof-muhitga shafqatsiz munosabat masalasini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida post qoldirdi.
«Bir guruh faol ayollar ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatning atrof-muhitga shafqatsiz munosabati masalasini ko‘tarib, uning oldini olish yuzasidan mavjud takliflarini men bilan muhokama qilmoqchi ekanliklarini bildirgan edi.
Kecha biz ular bilan uchrashdik. Ishni qanday tashkil qilish mumkinligini kelishib oldik. Umid qilamanki, biz jamoatchilik ko‘magi bilan mavjud muammolarga qarshi birgalikda kurashamiz va ularni bartaraf etamiz», deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Teglar:
Saida Mirziyoyeva
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo