Tramp shatdaun sababli Oq uy xodimlarining uchdan bir qismini ishdan ozod qiladi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati hukumatdagi shatdaun (inglizchadan — to‘xtatish, o‘chirish, yopish) sharoitida o‘z xodimlarining taxminan uchdan bir qismini maoshsiz ta’tilga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda payshanba kuni Oq uy saytida e’lon qilingan rejada aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, vaqtinchalik ishga chiqmaydiganlar soni 1733 xodimdan 554 nafarni tashkil qiladi. Qolganlari esa odatiy tartibda ishlashda davom etadi.
Shu bilan birga, yaqinda tashkil etilgan Federal hukumat samaradorligini oshirish agentligi (DOGE) qisqartirish yoki ishdan bo‘shatishga duch kelmaydi. Oq uyning Ma’muriy-byudjet boshqarmasiga tegishli 530 xodimdan 437 nafari ishda qolishi kutilmoqda. Bu hozircha ma’muriyatning boshqa bo‘linmalaridan ko‘ra ko‘proqdir.
Bundan avval xabar qilinganidek, Oq uy shatdaun munosabati bilan qisqartirishlar o‘tkaziladigan idoralar ro‘yxatini tuzgan. Manbalarga ko‘ra, ayrim agentliklar turli xillik, tenglik va inklyuzivlik siyosati tufayli ro‘yxatga kirgan. Ammo asosiy sabab — bu tashkilotlarning Tramp ustuvor yo‘nalishlariga mos kelmasligi.