Venada COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorning o‘pkasini almashtirish operatsiyasi o‘tkazildi
- 26.05.2020 08:30
- 339
- COVID-19

Bu haqda 25 may kuni Vena tibbiyot universiteti saytida xabar qilindi.
Operatsiya amaliyoti o‘tkir o‘pka yetishmovchiligi ko‘zatilayotgan 45 yoshli avstraliyalik ayolga nisbatan o‘tkazildi. Ayol o‘pkasini saqlab qolishning iloji qolmaganidan so‘ng mazkur a’zoni ko‘chirish qaroriga kelingan.
“Fikrimizcha, ayni vaqtda bemorning holati a’lo darajada. Hozircha jiddiy muammolar kuzatilmayapti. U asta-sekinlik bilan o‘ziga kelmoqda. A’zolar ishlashi yaxshi holatda, biz xursandmiz. Biroq unga kasalxonadan javob berish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deya ta’kidladi universitetning jarrohlik klinikasi rahbari Valter Klepetko.
Teglar:
COVID-19
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo