Viloyat bo‘ylab psixologlar yoshlar bilan seminar-treninglar o‘tkazishmoqda

–  Ushbu seminar-treninglar voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida muammoli vaziyatlardan chiqish, ruhiy tushkunlik holatlarida bo‘lgan yoshlar bilan ishlash uslublari yuzasidan tashkil etilmoqda,– deydi markaz raµbari Dilfuza Shodiyeva. – Seminarlarda imom-xatiblar, kollejlar va maktablarning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosarlari, psixologlari va Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirok etmoqda. Treninglar markazimizning malakali psixologlari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, mutaxassislar seminarlardan so‘ng mahallalarda yoshlar bilan uchrashib, ruhiy tushkunlik, uni keltirib chiqaradigan omillar va ularning yechimi yuzasidan individual ishlar tashkil etilmoqda.

Seminar-treninglar viloyatning shahar va tumanlarida 6 aprelgacha o‘tkazilishi belgilangan.
 

O‘z muxbirimiz.
Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.