18 yoshli hindistonlik shaxmatchi Dommaraju Gukesh jahon chempioni bo‘ldi

Singapurda shaxmat toji uchun kechgan bahsda hindistonlik Dommaraju Gukesh qora donalarda amaldagi chempion Din Lijenni mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘tgan yili jahon chempionligiga erishgan xitoylik Din Lijenni 7,5 : 6,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan 18 yoshli Dommaraju Gukesh 18-jahon chempioniga aylandi.

Ushbu yoshda shaxmat tojiga ega chiqan Gukesh 1985 yili 22 yoshida chempion bo‘lgan Garri Kasparovning rekordini yangilashga erishdi.

U Hindiston tarixida Vishvanatan Ananddan keyin shaxmat bo‘yicha ikkinchi jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.

Jahon chempionligi uchun o‘tgan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etgandi. Har ikki shaxmatchi har bir partiyadagi yutuq uchun 200 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi.