2023 yilda Samarqandda qancha maktab quriladi?

Bu yil viloyatda respublika byudjet mablag‘lari hisobidan Samarqand shahar Qorasuv massivida 1680 o‘rinli, Urgut tumanidagi Mergancha mahallasida 990 o‘rinli yangi maktab binolari quriladi.

Shuningdek, 32 ta ta’lim muassasasi – Samarqand shahridagi 19-maktab, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 20-, 12-, Bulung‘ur tumanidagi 15-, 66-, Jomboy tumanidagi 14-, Ishtixon tumanidagi 53-, 91-, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 104-, 61-, Qo‘shrabot tumanidagi 46-, 64-, 71-, Narpay tumanidagi 18-, 54-, 13-, Nuroboddagi 28-, Oqdaryo tumanidagi 14-, Past Darg‘om tumanidagi 115-, 44-, 75- umumta’lim maktablari, Payariqdagi 34-, 12-maktab filiali, Paxtachi tumanidagi 6-, Samarqand tumanidagi 9-, 10-, Toyloq tumanidagi 21-, Urgut tumanidagi 83-, 85-, 127-, 99-, 33-maktab binolari rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda viloyat bo‘yicha foydalanishga topshiriladigan inshootlar quvvati 10-200 o‘ringa ega.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.