Afg‘onistonda mina portlatilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
- 25.06.2020 09:00
- 37
- Xorij

Afg‘oniston shimolidagi Jauzjon viloyatida mina portlatilishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lum qildi.
Afg‘oniston IIV matbuot kotibi Tarik Arian uyushtirilgan portlashda Tolibon terrorchilik harakati tashkilotini aybladi. Tolibon harakati hodisaga hech qanday izoh bermadi.
Bir necha kun ilgari Afg‘oniston Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Javid Feysal o‘tgan hafta keyingi 19 yil davomidagi eng ko‘p o‘lim qayd etilgani bilan esda qolganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Tolibon terrorchilik harakati tomonidan 400 dan ortiq hujum uyushtirilgan va buning oqibatida 300 ga yaqin Afg‘oniston Milliy xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan.
Teglar:
Afg‘oniston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo