Haqiqat, mehribonlik va foyda elagi haqida eshitganmisiz?

Bir kishi Suqrotning oldiga kelib gap boshlabdi:
- Bilasanmi do‘sting sen haqingda menga nima dedi?
- To‘xta, shoshmay tur, – deya Suqrot uni to‘xtatdi. - Aytmoqchi bo‘lganingni oldin uch elakdan o‘tkazib ol.
- Qanaqa elak?
- Biron bir gapni birovga aytishdan oldin uni uch marta elakdan o‘tkazishga harakat qilgin. Birinchi bo‘lib, Haqiqat elagidan o‘tkazib ol. Aytmoqchi bo‘lgan narsang rost ekanligiga aminmisan?
- Yo‘q, men faqat eshitdimki...
- Ya’ni, bu haqiqat yoki yo‘qligini aniq ayta olmaysan. Ikkinchi elak bu Mehribonlik elagi. Do‘stim haqida yaxshi gap aytmoqchimisan?
- Yo‘q. Bunday emas...
- Ajoyib. Sen rost yoki yolg‘onligini ham bilmay turib do‘stim haqida yomon gap aytishni xohlayapsan. Unda so‘zlaringni uchinchi - Foyda elagidan o‘tkazib ol. Menga aytmoqchi bo‘lgan narsalaringni haqiqatan ham bilishim kerakmi?
- Yo‘q... Aslo yo‘q.
- Demak, bu gaplarda na Mehribonlik, na Haqiqat va na Foyda bor ekan. Aytginchi, kerak bo‘lmagan narsalar haqida so‘zlash zarurmikan? Yaxshisi aytmay qo‘ya qol, - debdi Suqrot.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.