"Har qanday murosa - taslim bo‘lishdir": Zelenskiyning idorasi Ukrainada hatto vaqtinchalik sulhga qarshi ekanini aytdi

Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak hatto vaqtinchalik sulhga ham qarshi chiqdi.

"Har qanday murosa - taslim bo‘lishdir va biz bunga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘ymaymiz. Vaqtinchalik sulh faqat Ukrainadagi urushning keyingi bosqichiga olib keladi", deb yozdi Podolyak dushanba kuni Telegram-kanalida.

Yanvar oyi o‘rtalarida Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin Turkiya Ukrainada mahalliy sulhlar g‘oyasini, shuningdek, kichik mahalliy deeskalatsiya choralarini ilgari surish niyatida ekanini aytdi.

Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan bo‘lsa-da, Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Vladimir Zelenskiy o‘tgan yilning noyabr oyida o‘tgan G20 uchrashuvida hech qanday “Minsk-3 bo‘lmaydi” dedi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga "bu kabi so‘zlar Kiyevning muzokara istamasligi haqidagi pozitsiyasini “mutlaqo tasdiqlaydi”, deya javob bergan.