Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Janubiy Koreya mamlakatda COVID-19 infeksisi tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi

Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va uning oldini olish markazlari rahbari (KCDC) Chon In Gen, mamlakat poytaxti Seul va unga yaqin hududlarda koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Yonhap News Agency agentligi xabar berdi.

Chon In Genning so‘zlariga ko‘ra, KCDC ikkinchi to‘lqin ko‘z yoki qish oylarida ko‘zatiladi, deb taxmin qilgan. Biroq ularning taxminlari noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan.

O‘z navbatida, Seul ma’muriyati agar poytaxtda keyingi uch kun davomida o‘rtacha kasallanish holati 30 kishidan oshadigan bo‘lsa yoki kasalxonalardagi o‘rinlar 70 foizga band bo‘lgani kuzatilsa, yana ijtimoiy masofa qoidalari joriy etilishi to‘g‘risida aholini ogohlantirdi.