Karantin hududlaridagi chiqindi qanday zararsizlantiriladi?

“Toza hudud” davlat unitar korxonasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi karantin sharoitida maishiy chiqindilarni tezkor usulda olib ketish va zararsizlantirish tadbirlarini yo‘lga qo‘ydi.

Hududlarda kunora kasallik holati qayd etilayotgani hech kimga sir emas. Chiqindilarni u yerda uzoq qolib ketishi kasallikni yanada avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida chiqindi tashishga mas’ul bo‘lgan maxsus xodimlar guruhi tashkil etilib, vaqtinchalik karantin hududlaridan chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan olib chiqib, poligonlarda ajratilgan maxsus xandaqlarda zararsizlantirishmoqda.

Jarayon davomida antisanitariya qoidalariga qat’iy amal qilgan holda, maxsus himoya liboslarida chiqindi yoqib kuydirilmoqda va so‘ngra ko‘mib tashlanmoqda.

Ayni paytda bunday harakatlar viloyatimizning butun karantin hududlarida amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.