O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 2020 yil 17 aprelda Toshkent vaqti bilan soat 09:34 (17.04.2020 da 04:34 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 214 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Namangan : 7 km, 4 ball.
Andijon : 57 km, 2 ball.
Farg‘ona : 71 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.