Paxtachida makkajo‘xori orasiga 19 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi ekilgani aniqlandi
- 21.08.2020 13:30
- 213
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 15 avgust kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 38 yoshli K.A.ning yashash xonadoni hovlisi ko‘zdan kechirildi. U tomorqasida makkajo‘xori o‘simligi orasiga 19 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi ekib, yetishtirib kelayotganligi va ushbu giyohvandlik o‘simlikni yashash uyi og‘ilxonasida quritib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. K.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 27 daqiqa avval
- Maslahat
MikroGESlar aholining energiyaga bo‘lgan talabini qondiradi
- 34 daqiqa avval
- Samarqand
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 45 daqiqa avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 46 daqiqa avval
- Mutolaa