Qanday holatda QQS hisobga olinmaydi?
- 02.09.2022 21:27
- 261
- So'ragan edingiz
- Qaytarmaslik sharti bilan moliyaviy yordam olinsa, soliq hisoblanadimi? Hisoblansa qaysi hujjat asosida?
A.QOBILOV.
Bekzod Saliyev viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i:
- Soliq kodeksiga asosan bepul moliyaviy yordam ko‘rinishidagi pul mablag‘larini olish chog‘ida korxona tekin olingan mol-mulk ko‘rinishida daromadni tan oladi (pul – bu mulk). Bepul olingan mol-mulk (xizmatlar) qiymati bozor qiymati bo‘yicha jami daromadga kiritiladi. Bozor qiymatini hujjat bilan tasdiqlashingiz mumkin. Biroq Davlat rahbari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq bepul olingan mol-mulk va xizmatlar daromad sifatida hisobga olinmaydi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan, bepul olingan mol-mulk (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi hisobga olinmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Farroshni emas, o‘zingizni qadrlang!
- Kecha, 16:07
- Jamiyat
“Oxranka”ni titratgan maqola
- Kecha, 15:11
- Mutolaa