Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan kombayn sinovdan o‘tdi
- 16.09.2020 21:05
- 108
- Xorij

Rossiyaning “Rostelmash” zavodida haydovchisiz kombayn yaratish ustida ish olib borilmoqda. Kombayn laboratoriya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ammo bundan ko‘pchilik kombaynchilar xursand emas. Biroq zavod vakillari ular ishsiz qolmasligini aytishmoqda. Negaki, har qanday holatda ham elektron kombaynning ishlashini kimdir kuzatib turishi kerak. Endi uch-to‘rt kishi kombaynning ishlashini kuzatib boradi.
Zavod vakili bunday kombaynni robot 10 santimetr aniqlikda boshqara olishini bildirdi. Robot o‘rim jarayonini, bunker to‘lganini elektron tarzda boshqaradi. Robot kombaynni paykaldan-paykalga ko‘chiradi, yurgizadi, o‘chiradi. Buzilsa, to‘xtadi. Bu haqda dispetcher-operatorga xabar beradi.
T.MUROD tayyorladi.
Teglar:
Rossiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda nega “karmashka” yo‘q?
- Hozirgina
- Samarqand
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa