Tramp 200 ming dollar garov evaziga ozod qilinadi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiyadagi saylovlarga aralashganligi ayblovi ortidan 200 ming dollar garov evaziga ozod qilinadi. Tegishli kelishuvga uning advokatlari va prokuratura erishdi, deb xabar bermoqda CNN.

Shuningdek, siyosatchi advokatlari "boshqa shartlarga" rozi bo‘lishdi, deb xabar qildi telekanal tafsilotlarga aniqlik kiritmasdan.

Kelishuvlarga muvofiq Trampning o‘zi rasmiy hibsga olinganidan keyin o‘tkaziladigan profilaktika tinglovida qatnashishi shart emas. Tramp 25 avgustgacha politsiyaga topshirilishi kerak.

Saylovga aralashish ishi Trampga qarshi ochilgan to‘rtinchi jinoiy ishdir. Bungacha u tadbirkorlik hujjatlarini soxtalashtirish, maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va saylovda mag‘lub bo‘lganidan keyin hukumatni saqlab qolishga urinishda ayblangan. Bu ishda Tramp bilan birga yana 17 kishi ayblanmoqda.