Xishrav shaharchasida Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlab minifutbol musobaqasi o‘tkazildi

Musobaqada xishravliklar, “Chilquduq”, “Yoshlik”, “Navro‘z” mahallalari yoshlari, umuman, yaqin atrofdagi hududlardan 14 ta jamoa bellashdi.
Bahslar yakunida finalga Xishrav shaharchasi yoshlari jamoasi va Samarqand tumanining “Samarqand” jamoasi to‘qnash keldi. Hal qiluvchi mazkur bahsda Xishrav jamoasi 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alar va diplom topshirildi.
Musobaqa Samarqand tuman Saxovat MFY yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etildi.