11 dona kompyuterni o‘g‘irlagan uch nafar yigit ushlandi

Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi, 1986 yilda tug‘ilgan N.A. murojaat qilib, Ittifoq mahallasi hududida joylashgan “Kolezey” kompyuter xonasidan 11 dona kompyuterlarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirdi.

Xodimlarning tezkor surishtiruv ishlari natijasida jinoyat “issiq izi”da fosh etildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat Ittifoq mahallasida istiqomat qiluvchi, 1999 yil tug‘ilgan P.D. va mahalladoshi, 2000 yil tug‘ilgan S.S. hamda Bunyodkor mahallasida yashovchi, 1996 yil tug‘ilgan, muqaddam sudlangan R.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.