Samarqandda mashina balloni o‘g‘rilari qidirilmoqda
- 23.01.2023 12:06
- 339
- Jinoyat va jazo

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Samarqand shahar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Samarqand viloyat IIBning «102» ishonch telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uyining oldida turgan «Kobalt» rusumli avtomashinasining shina-diskalarini noma’lum shaxslar yechib olib, o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishga kirishilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tezkor-tergov guruhi chiqib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash borasida tezkor reja ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda noma’lum shaxslarni aniqlash borasida tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Okaxonning komandasi». Hajviya
- 3 soat avval
- Mutolaa
Ibratli hikoya: Oyoq ostidagi baxt va baxtsizlik
- Bugun, 10:11
- Mutolaa
Sayyorani ulkan odamlar boshqargan
- Kecha, 21:14
- O'qing, qiziq!
Sun’iy intellekt “oq”mi yoki “qora”?
- 15/02, 16:41
- Jamiyat