Toshkentda birovning mashinasini o‘g‘irlab 2 mln. so‘mga “metallolom”ga topshirib yuborgan shaxs ushlandi
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, voqea shu yil 30 mart kuni sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 69 haydovchining “VAZ-2101» avtomashinasi eshiklari ochiq va kalitini o‘t oldirish joyida qolganidan foydalanib noma’lum shaxs mashinani olib qochgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni 20 yoshli R.M. sodir etganligi, davlat raqam belgilarini yechib, Yuqorichirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borib 2 million so‘m pul evaziga “metallolom” sifatida sotib yuborganligi aniqlangan. Mazkur xonadon ko‘zdan kechilganida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga bo‘lingan holatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.