Avtomashina o‘g‘irlagan bulung‘urlik yigit qamoqqa olindi
- 05.01.2021 21:30
- 269
- Jinoyat va jazo
2021 yil 1 yanvar kuni fuqaro B.X.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasi noma’lum shaxs tomonidan olib qochilganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Jinoyat ishini viloyat prokurori o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida ushbu jinoyat Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro O.O‘ tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, avtomashina topilgan.
Sodir etilgan jinoyat viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar va viloyat davlat soliq boshqarmasi boshliqlari ishtirokida muhokama qilinib, bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida chora-tadbir belgilandi. Kishilarning halol mehnati bilan topilgan mol-mulkiga tajovuz qilish kabi og‘ir jinoyatni sodir qilgan O.O‘. qamoqqa olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa