140 mingdan kam: dunyodagi aholisi kam shaharda metro bor
- 29.05.2024 18:53
- 110
- O'qing, qiziq!
Odamlar metro odatda juda katta, “millionlik shahar” maqomiga ega shaharlarda quriladi, deb hisoblashadi. Biroq dunyoda metro tizimiga ega bir necha nisbatan kamsonli aholiga ega shaharlar bor.
Bunga Fransiyaning 250 mingga yaqin aholi yashaydigan Lill va Renn shaharlari misol bo‘la oladi. Britaniyaning Nyukasl shahrida (280 ming aholi) ham metropoliten bor.
Haqiqiy rekordchi esa Shveysariyaning Lozanna shahri hisoblanadi.
Lozanna metrosi o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida ishga tushirilgan. U ikki liniyadan iborat va 28 ta stansiyani o‘z ichiga oladi.
Qizig‘i, atigi 138 ming kishi istiqomat qiladigan Lozannani ko‘p sonli aholi punkti deb atash qiyin. Shunga qaramasdan bu yerda metro bor.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Lozanna metrosi Shveysariyadagi yagona metro tizimidir. Mamlakatdagi Syurix va Jenevada kabi shaharlarda metro yo‘q.
Bahora tayyorladi.