180 kunda Samarqandga 2 ming 200 kishi ko‘chib keldi

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, viloyat aholisi yil boshidan buyon 33,5 ming kishiga yoki 0,9 foizga oshib, viloyatning doimiy aholisi (1 iyul holatiga) 3 million 910,8 ming kishiga yetgan.
Yanvar-iyun oylarida 44 ming 444 ta tug‘ilish va 7 ming 740 ta o‘lim holati qayd etilgan. Viloyatda aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi 36 ming 704 nafarni tashkil etgan.
2020 yil yanvar-iyun oylarida viloyatga 2,2 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, ko‘chib ketganlar soni 5,4 ming kishini tashkil qilgan.