19 bola halok bo‘lgan Texasdagi voqeadan so‘ng AQSh Senati qurol nazorati to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
AQSh Kongressi Senati o‘qotar qurolli zo‘ravonlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi CNN.
Qonun loyihasiga 65 senator ovoz berdi va 33 nafari qarshi chiqdi, “Bu mamlakatning eng munozarali siyosiy masalalaridan biri bo‘yicha muhim ikki partiyaviy yutuqdan dalolat bergan – 15 respublikachi chorani qo‘llab-quvvatlash uchun demokratlarga qo‘shildi”, dedi kanal.
Hujjat yaqinda Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda yuz bergan otishma natijasida 19 bola va ikki o‘qituvchi halok bo‘lgan fojiali voqealardan keyin, shuningdek, Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi supermarketda to‘qqiz kishi qurbon bo‘lgan otishmadan keyin qabul qilindi.
Endi qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak, shundan so‘ng u imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.
May oyida New York Post gazetasi Gun Control Violence veb-sayti ma’lumotlariga tayanib, "2022 yilda Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy otishmalar soni bir yildagi kunlar sonidan oshib ketgani" haqida xabar berdi.
Hisobotda aytilishicha, joriy yilning 144 kunida mamlakatda 214 ta otishma holati qayd etilgan.