2-4 iyun kunlari Samarqandda sel-suv, toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Respublika gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra 2-4 iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarining tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqin xavfi mavjud.

Shuningdek, 2 iyun kuni mamlakatimizning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida, 3-4 iyun kunlari esa respublikamizning ba’zi joylarida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.