2018 yilda Samarqandda 392 kv.m maydondagi giyohvand o‘simliklar yo‘q qilingan
- 11.04.2019 09:14
- 85
- Samarqand
Samarqand viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda o‘tkazilgan “Qora dori-2018” keng qamrovli tadbirlari natijasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tarkibida narkotik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq 162 ta jinoyat aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha 392 kv.m. maydonda ekilgan giyohvand o‘simliklar yo‘q qilingan.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar bu yil “Qora dori-2019” tadbirlarida davom etadi va uning birinchi bosqichi 1 maydan 30 iyungacha, ikkinchi bosqichi esa 1 avgustdan 30 sentyabrgacha davom etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa