2021 yil Samarqandda 1300 gektardan ortiq o‘rmonzor barpo etiladi
- 10.12.2020 21:30
- 202
- Samarqand
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi “Respublika hududlarida o‘rmonzorlar, shuningdek, Orol dengizi va Orolbo‘yi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2021 yilda viloyatda barpo etiladigan o‘rmonzorlar hajmlari tasdiqlandi.
Mas’ul boshqarmalar tumanlar hokimliklari bilan birgalikda viloyat hududlarida o‘rmonzorlar barpo etiladigan maydonlar hududlar kesimida aniqlanib, xatlovdan o‘tkaziladi hamda xaritasi ishlab chiqiladi.
O‘rmonzorlar uchun zarur bo‘ladigan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi asosida davlat o‘rmon fondiga ajratiladi.
Qarorga asosan 2021 yil viloyatdagi 8 ta o‘rmon xo‘jaliklarida 1327 gektar o‘rmonzor barpo etiladi. Shundan, 1067 gektar yong‘oq, 260 gektar boshqa turdagi daraxtlar va 25 gektar maydonda pavlovniya plantatsiyasi barpo etiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa