207-arizadan so‘ng murojaatchining “Lasetti” avtomashinasi qaytarildi
- 22.11.2019 14:04
- 296
- O‘zbekiston
Fuqaro J.Karimova to‘rt yil davomida tegishli idoralarga 207 marotaba murojaat qilib, o‘ziga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasini fuqaro E.O. va boshqalar tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olib qo‘yilganligini, avtomashinasini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan bo‘lsa-da, arizalari ijobiy natija bermagan. Bu haqda Toshkent shahar prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
2019 yil 29 oktyabrda J.Karimova Toshkent shahar prokurorining har haftaning seshanba va payshanba kunlari tashkil qilinayotgan ommaviy qabulida bo‘lib, yillar davomida boshidan kechirgan sarson-sargardonlik tarixini aytib beradi.
Mazkur ariza shahar prokurori tomonidan nazoratga olinib, IIBB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “Lasetti” avtomashinasi Qashqadaryo viloyatidan olib kelinib, J.Karimovaga qaytarildi.